JavaScript asoslari

Kod tuzilishi

Kodni yozishni boshlashdan oldin uning eng asosiy qurilish bloklari โ€” instruksiyalar, nuqta-vergul va izohlar bilan tanishamiz. Bu bilimlar kodni to'g'ri va toza yozishga yordam beradi.

Instruksiyalar (statements)

Instruksiyalar โ€” bu biror amalni bajaradigan sintaktik konstruksiyalar va buyruqlar. Biz allaqachon console.log("Salom, dunyo!") instruksiyasini ko'rgan edik โ€” u xabar chiqaradi.

Instruksiyalarni istalgancha ko'p yozish mumkin. Ularni bir-biridan ajratish uchun nuqta-vergul qo'yamiz. Quyidagi misolda ikkita alohida instruksiya bor:

instruksiyalar.js
// natija shu yerda chiqadi

Odatda har bir instruksiya alohida qatorga yoziladi โ€” shunda kod o'qishga qulay bo'ladi.

Nuqta-vergul (;)

Ko'p hollarda qator oxirida nuqta-vergulni tushirib qoldirsak ham, JavaScript uni o'zi qo'yib oladi. Bu "avtomatik nuqta-vergul qo'yilishi" (automatic semicolon insertion) deb ataladi. Masalan, quyidagi ikkala variant ham to'g'ri ishlaydi:

avto-semicolon.js
// natija shu yerda chiqadi

Bu yerda JavaScript qator uzilishini (yangi qatorga o'tishni) ko'pincha "yashirin" nuqta-vergul deb qabul qiladi. Buni avtomatik nuqta-vergul qo'yilishi deyiladi.

Ko'p hollarda yangi qator nuqta-vergulni bildiradi. Lekin "ko'p hollarda" degani "har doim" degani emas!

Avtomatik qo'yilish har doim ishlamaydi

Bir qancha holatlarda JavaScript yangi qatorni nuqta-vergul deb hisoblamaydi, bu esa xatolarga sabab bo'ladi. Klassik misolni ko'ramiz:

alert("Xatolik bo'ladi")

[1, 2].forEach(alert)

Agar ushbu ikki qator orasiga nuqta-vergul qo'ymasak, JavaScript birinchi qator oxirida nuqta-vergul qo'ymaydi, chunki keyingi qator [ bilan boshlanmoqda. U ikkala qatorni bitta instruksiya deb o'qishga urinadi va xato yuz beradi.

To'g'ri variant โ€” nuqta-vergul qo'yish:

alert("Endi hammasi joyida");

[1, 2].forEach(alert);
Nuqta-vergullarni ataylab tushirib qoldirmang. Zamonaviy dasturchilarning ko'pchiligi har bir instruksiya oxiriga nuqta-vergul qo'yishni tavsiya qiladi. Bu tuzoqlardan himoya qiladi va kodni ishonchli qiladi.
Boshida shubhali holatlarda nuqta-vergulni doim qo'ying. Tajriba orttirgach, uni qayerda tushirib qoldirish xavfsizligini bilib olasiz โ€” lekin kod bazasida bir xil uslubga rioya qilgan ma'qul.

Izohlar (comments)

Vaqt o'tib dasturlar murakkablashadi. Kodning nima qilishini va nima uchun shunday yozilganini tushuntirish uchun izohlar qo'shiladi. Izohlar kod ishlashiga ta'sir qilmaydi โ€” JavaScript ularni butunlay e'tiborsiz qoldiradi.

Bir qatorli izohlar

Bir qatorli izoh ikkita slesh // bilan boshlanadi. Qatorning qolgan qismi izoh hisoblanadi. U alohida qatorda yoki instruksiyadan keyin turishi mumkin:

bir-qatorli-izoh.js
// natija shu yerda chiqadi

Ko'p qatorli izohlar

Ko'p qatorli izoh /* bilan boshlanib, */ bilan tugaydi. Ular orasidagi hamma narsa e'tiborsiz qoldiriladi:

kop-qatorli-izoh.js
// natija shu yerda chiqadi

Izohlar yordamida kodning bir qismini vaqtincha "o'chirib" qo'yish ham mumkin โ€” bu debugging paytida juda foydali:

izohga-olish.js
// natija shu yerda chiqadi
Ko'pgina muharrirlarda tanlangan kodni izohga olish uchun Ctrl + / (bir qatorli) va Ctrl + Shift + / (ko'p qatorli) tugmalar birikmasidan foydalanish mumkin.
Ichma-ich izohlar qo'llab-quvvatlanmaydi! /* ... /* ... */ ... */ kabi ichida yana /* */ bo'lgan izoh xato beradi.
Izohlar kodni uzaytiradi deb ulardan qochmang. Yaxshi izoh โ€” kelajakdagi o'zingizga va boshqa dasturchilarga qo'yilgan hurmat. Lekin "nima" emas, ko'proq "nima uchun" shunday qilinganini tushuntiring.

Xulosa